Kechqurun yigitcha yozuvlarini qaytalab o'qidi:

Haqiqiy Boylikning to'qqizinchi siri 
e'tiqod kuchidir.

   Siz ishonch hosil etgan har qanday loyihani ko'rib chiqayotib, o'ylangan harakatlar rejasini yozing va uni amalga oshirish mumkinligiga amin bo'ling. Endi o'zingizga shunday savol bering: Modomiki omadsizlikka uchramasligimni bilganimda qanday yo'l tutardim?.
 Jasur bo'l va zabardast kuchlar senda ko'maklashishga keladilar!
Doimo shunday yo'l tutginki, go'yo... qabilida ish yuritsang, albatta muvaffaqiyatga erishasan.
 Ichki sezgingga ishon  ko'nglingga qarab ish tut.
E'tiqodni tarkib toptirishida doimiy ravishda o'z-o'ziga ta'sir ko'rsatish yordam beradi. Nimaniki bot-bot takrorlasangiz, u ongingizning bir bo'lagiga aylanadi.
Yon daftarchasini yashirishdan avval u yozuvlarini yana bir bor o'qib chiqdi, keyin deraza yoniga keldi. Endi u nima qilishni bilardi. U jasur bo'lishi, ishonishi va harakat qilishi zarur.
